Vatan himoyasi muqaddas burch

stefani77777 Kollejda bugungi kunda No Comments »

Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida 13-yanvar kuni «Vatan himoyasi muqaddas burch» mavzusida tadbir o’tkazildi.Tadbirni kollejimizning faxriy ustozi, xarbiy ta’lim o’qituvchisi A.Abdurazzoqov o’zining tabrik so’zlari bilan ochib berdi.Tadbir davomida kollejning MMIBDO’ S.Mirzayev so’zga chiqib Vatan himoyasi muqaddas ekanligini yana bir bor o’quvchi yoshlarga tushuntirib o’tdi. U so’z davomida barcha mexmonlarni 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan kollej ma’muriyati tomonidan tabrikladi.Tadbir ko’tarinki kayfiyatda davom etdi, so’ngra so’z navbati Guliston shaxar IIB XPB IIO profilaktik inspektori letinant Sh.Shokirovga berildi u ham barcha mehmon va o’quvchi yoshlarni bayram bilan tabriklab, kelgusida o’quvchilarimizga omad va zafarlar tiladi.Tadbirni kollej Yoshlar ittifoqi yetakchisi M.Yusupov barchani bayram bilan tobriklab yoshlarimizga yangi-yangi innovatsion g’oyalarni yaratishi uchun o’z hizmatini ayamasligini, hamisha ular bilan ekanligini aytib tadbirga yakun yasadi.

Mardlar qo’riqlaydi Vatanni

stefani77777 Без рубрики No Comments »

Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida 14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan «Mardlar qo’riqlaydi Vatanni» shiori ostida kollej o’qituvchilari va o’quvchilari ishtirokida «Futbol» musobaqasi o’tkazildi. Ushbu tadbirni kollejning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari S.Mirzayev ochib berdi.Tadbir davomida Jismoniy tarbiya rahbari N.Xaitov va Yoshlar ittifoqi etakchisi M.Yusupovlar so’zga chiqib barcha komandalarga omadlar tiladi.Futbol musobaqasi juda maroqli hamda qiziqarli boshlandi o’yin davomida 3-20 guruh o’quvchilari D.Muxiddinov hamda B.Abdunabiyevlar musobaqaning eng yaxshi o’yinchilari deb topildi. Musobaqaning g’olib komandalariga va sardorlariga esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Davomad tadbiri.

stefani77777 Kollejda bugungi kunda No Comments »

Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida O’rta maxsus, kasb-hunar talimi Markazining 70-Q/Q-sonli qo’shma qaror ijrosini taminlash maqsadida darslarga muntazam kelmayotga o’quvchlarning maxallasiga tashrif buyurib, maxalla ma’sullari bilan birgalikda o’quvchilarni uylariga borib ularning ota-onalariga nisbatan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

WP Theme & Icons by N.Design Studio
Entries RSS Comments RSS Войти