Kollejda bugungi kunda

stefani77777 Kollejda bugungi kunda, Kollejda uchrashuv No Comments »

Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida 21 fevral kuni «Yong’in havfsizligiga qarshi kurash» xaftaligi o’tkazildi.Yong’in xavfsizligi xaftaligini o’tkazishda bizlarga Sirdaryo viloyati IIB YoXB boshlig’i o’rinbosari podpolkovnik G’.G’.Muhammedov, Guliston shaxar IIB YoXB boshlig’i A.Sh.Gazixodjayev, Guliston shaxar YoXB YoN va PG inspektori serjant S.A.Turdimurodovlar amaliy yordam berishdi.

IKKI BUYUK SIYMO

stefani77777 Kollejda bugungi kunda No Comments »

Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida G’azal mulkining sultoni Aliysher Navoiyning 577 yilligi hamda shox va shoir buyuk mutafakkir Zaxiriddin Muhammad Boburning 535 yilligiga bag’ishlanib «Ikki buyuk siymo» shiori ostida tadbir o’tkazildi.Ushbu tadbirda «Tillar» kafedrasi o’qituvchilari hamda kollejimizning eng faol o’quvchilari o’zlarining saxna ko’rinishlari, g’azal va ruboiylar aytishuvlari bilan tadbirga zavq bag’ishladi.

SHERIYAT OLAMINING IKKI QOYOSHI

stefani77777 Kollejda bugungi kunda, Kollejda uchrashuv, Мероприятия No Comments »

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomiz o’zbek tilimizning asoschisi, g’azal mulkining sultoni, o’zbek adabiyotining eng ilg’or namoyondasi edi. U besh yoshidayoq necha-necha allomalarni o’zining istedodi bilan lol qoldirgan. Uning millat durdonasi bo’lgan «Xamsa» dostoniga xech bo’lmasa bir boqmagan inson bo’lmasa kerak. Alisher Navoiyning Onalar oyog’i ostidadur Ravzayi jannatu jinon bog’i, Ravza bog’i visolin istar esang, Bo’l onaning oyog’in tuprog’i.Ul zodni shukabi nasiyxatlari bizning xayot yolimiz mayog’i bo’lsa, Zahiriddin Muhammad Bobur esa o’zining Sheryurakligi bilan, Mardligi bilan butun olamga dong’i ketgan shox va shoirdir. U ulug’ o’zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va buyuk davlat arbobidir. Bobur ruboiy janrini Turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir. Z.M.Boburning Hijron qafasida jon qushi ram qiladur, G’urbat bu aziz umirni kam qiladur, Ne nav bitay firoqi g’urbat shaxrin, Kim ko’z yosh nomaning yuzin nam qiladur kabi ruboiylari o’zbek adabiyotini xanuzgacha bezab kelmoqda.

Islom Karimov-buyuk davlat va siyosat arbobi

stefani77777 Kollejda bugungi kunda, Kollejda uchrashuv, Мероприятия, Новости No Comments »

Guliston kompyuter va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejida Islom Karimovning 80 yilligi munosabati bilan tadbir o’kazildi.Tadbir O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi bilan boshlandi.So’ngra so’z kollej direktori D.Atabaevga berildi D.Atabaev tadbirni ochib berar ekan tadbirga kelgan mexmon ustozlarga, tadbirni tashlik qilgan o’qituchilarga va o’quvchi yoshlarga o’z minnaddorchiligini bildirdi.Tadbir juda ko’tarinki ruhda davom etdi.Tadbir davomida o’quvchilarimizdan S.Xoshimjonova va Sh.Oripova o’zlarining Islom Karimovga atab yozgan sherlari bilan barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashdi so’ngra so’z navbati MMIBDO’ S.Mirzayevga berildi.S.Mirzayev Islom Karimovning xayot yo’li va bizlarga qoldirgan ma’naviy me’rosi xaqida alohida to’xtalib o’tdi.U o’z so’zi davomida Islom Karimov xaqida bir qancha xayotiy misollar keltirib o’tdi.Tadbir davom etar ekan T.Jumaboyev, M.Yusupov hamda tadbirga kelgan mehmonlardanham o’z fikrlari eshitildi so’ngra tadbirda faol ishtirok etgan o’qituvchilar hamda o’quvchilarga kollej ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.

 

WP Theme & Icons by N.Design Studio
Entries RSS Comments RSS Войти